Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "So‘nggi 10 yilda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” degan olijanob falsafani davlat siyosati darajasiga ko‘tardik"

Shavkat Mirziyoyev: "So‘nggi 10 yilda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” degan olijanob falsafani davlat siyosati darajasiga ko‘tardik"

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi bo‘yicha forum va taqdirlash marosimida nutq so‘zlamoqda.

“Yaxshi xabardorsiz, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar markazida inson qadrini ulug‘lash, aholi va tadbirkorlar uchun munosib sharoitlar yaratish asosiy o‘rin egallaydi.

So‘nggi 10 yilda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” degan olijanob falsafani davlat siyosati darajasiga ko‘tardik.

Boshqaruv sohasida aholi uchun samarali tizim yaratmasdan turib, hech bir yo‘nalishda kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki har bir fuqaro o‘z kundalik hayotida his qilayotgan ijobiy o‘zgarishlar orqali davlat faoliyatiga baho beradi.

Boshqaruv idoralari odamlar muammosini, ularni qiynayotgan o‘tkir masalalarni o‘z vaqtida va adolatli hal esa, aholining davlatga nisbatan ishonchi keskin ortadi. Ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratiya esa islohotlar samarasini pasaytirib, xalqning umidini so‘ndiradi.

Shuni inobatga olib, davlat boshqaruvida yangicha va ilg‘or yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz”, -dedi davlatimiz rahbari.

Kiritildi: Bugun 11:01. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!