Rossiya Ukraina dronlarini qasddan Boltiqbo‘yi mamlakatlariga yo‘naltirmoqda — Litva TIV.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Kyastutis Budris X o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Moskva dronlarini Boltiqbo‘yi havo hududiga yo‘naltirish bilan bir vaqtda "Litva, Latviya va Estoniyaga qarshi tuhmat kampaniyalarini olib boryapti" va ularni Rossiyaga qarshi tajovuzkor harakatlarda ayblamoqda.
Budris Rossiyaning bunday harakatlarini "noilojlikdan qilingan ish" hamda tartibsizlik keltirib chiqarish va e’tiborni Ukrainaning harbiy harakatlardagi muvaffaqiyatlaridan, ya’ni Rossiya hududi ichkarisiga berilayotgan zarbalardan chalg‘itishga urinish deb atadi.
"NATO yagona front bo‘lib turibdi. Biz ittifoqchilar hududining har bir qarichini havoda, quruqlikda va dengizda himoya qilishga tayyormiz", — deb bayonot berdi Kyastutis Budris.
Avvalroq Vilnyusda e’lon qilingan havodagi favqulodda holat sababli Litva rahbariyati boshpanaga o‘tkazilgan edi, shaharning o‘zida jamoat transporti harakati to‘xtatildi va xavflilikning "qizil darajasi" e’lon qilindi. 19 may kuni Kiyev ham Rossiyani radioelektron kurash vositalari yordamida Ukraina Qurolli Kuchlarining dronlarini Boltiqbo‘yi mamlakatlariga qasddan yo‘naltirayotganlikda ayblagan edi.