Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Tolibon Afg‘onistonda qizlarning turmush qurish yoshini pasaytirdi

Tolibon Afg‘onistonda qizlarning turmush qurish yoshini pasaytirdi

Afg‘onistonda Tolibon qizlarning turmush qurishi uchun eng kichik yosh chegarasini to‘qqiz yoshgacha pasaytirdi.

«The Times» nashrining «Er-xotinning alohida yashash tamoyillari» deb nomlangan hujjatga tayanib xabar berishicha, nikohga kirish endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri balog‘at yoshiga yetish bilan bog‘lanmoqda. Islom huquqining eng yirik sunniylik maktabi qoidalariga ko‘ra, jinsiy balog‘atga yetishning eng quyi yoshi to‘qqiz yosh deb belgilangan.

Shuningdek, yangi me’yorga ko‘ra, balog‘at yoshiga yetmasdan turib uzatilgan qizlar faqat muayyan shartlar asosida sud orqali nikohni bekor qilishlari mumkin. Buning uchun qizni turmushga bergan vasiylar (ota-ona yoki qarindoshlar) shafqatsiz, ruhiy nosog‘lom yoki axloqsiz deb topilishi lozim bo‘ladi.

Kiritildi: 23:36 21.05.2026. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!