SSSR terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis 2026 yilgi jahon chempionatidan kutayotgan natijalarni aytib o‘tdi.
“Bu safargi jahon chempionatida o‘zgacha va unchalik kuchli bo‘lmagan jamoalar ishtirok etadi, bu esa noqulaylik tug‘diradi. Ammo biz qiziqarli terma jamoalarni, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasini kuzatamiz. O‘ylaymanki, o‘zbekistonliklar o‘zlari uchun debyut musobaqada kutilmagan "sovg‘a" taqdim etishlari mumkin", - dedi Kanchelskis “Evro Futbol.ru” ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida o‘tkaziladigan jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.