Axios agentlik xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Isroil bosh vazirini Tehron bilan yangi muzokaralarni boshlashga va mojaroni yanada kuchaytirmaslikka ko‘ndirishga uringan. Bunga javoban Binyamin Netanyahu harbiy amaliyotlarni davom ettirish va Eron infratuzilmasiga yangi zarbalar berishda qat’iy turib olgan.
Axios manbalaridan birining aytishicha, ushbu suhbatdan keyin Isroil bosh vazirining "sochlari tikka bo‘lib ketgan", ya’ni u juda qattiq tashvishga tushgan.