Amerikaning «Atlanta Yunayted» klubi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasiga JCH-2026 davridagi hamkorlik haqidagi e’londan so‘ng murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi butun turnir davomida MLS klubi bazasida mashg‘ulot olib boradi. Terma jamoa ixtiyoriga mashg‘ulot markazi 10 iyundan boshlab topshiriladi.
«Xush kelibsiz, O‘zbekiston. "Atlanta Yunayted"ning mashg‘ulot markazi 10 iyun, chorshanba kunidan boshlab butun turnir davomida milliy jamoaning rasmiy bazasiga aylanadi», — deyiladi Amerika klubi xabarda.
JCH-2026da O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR milliy futbol terma jamoalari bilan birga ishtirok etadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Mexiko shahridagi Asteka stadionida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. 23 iyun kuni jamoamiz Xyustonda Portugaliya bilan bahs olib borsa, 27 iyunda Atlantada Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.