Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Vinisius uchun mavsum tugadi

Vinisius uchun mavsum tugadi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior mavsumning so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda okdiario nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Ispaniya chempionati 37-turi doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o‘yinda (1:0) noqulaylik his qilgani sababli bahsni oxirigacha yetkaza olmagan edi. Biroq futbolchining o‘zi jiddiy muammo yo‘qligini ta’kidlagan.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» rahbariyati Vinisiusga Jahon chempionati oldidan qo‘shimcha dam olishi uchun La Liganing so‘nggi turida ishtirok etmaslikka ruxsat bergan.

Joriy mavsumda Vinisius barcha turnirlarni hisobga olganda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Kiritildi: Bugun 19:16. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!