Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-2026 o‘quv yili yakuni munosabati bilan «Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!» shiori ostida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini tashkil etish belgilandi. Bu haqida Ta’lim-xabarlari Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, shu yilning 18 may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2025-2026 o‘quv yilini yakunlash va «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi xati imzolangan.

Vazirlik tavsiyasiga ko‘ra, tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar va ularning erishayotgan yutuqlarini bitiruvchilarga sodda va tushunarli tarzda yetkazish, namunali xulq va a’lo baholarga o‘qigan o‘quvchilarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ota-onalari «Eng faol ota», «Jonkuyar ona», «Mas’uliyatli ota-ona» kabi nominasiyalar hamda «Minnatdorchilik xat»lari bilan taqdirlanishi belgilangan. Tadbirlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maktab hovlisidagi soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish, o‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish holatlarining oldini olish vazifalari topshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari joriy yilning 25 may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 gacha o‘tkaziladi. Bundan tashqari, 25-30 may kunlari barcha hududlarda «Xayr bog‘cha — salom maktab!» shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun bayram tadbirlari tashkil etiladi.

Kiritildi: Bugun 15:50. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!