Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: «Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib asl holatni berkitishyaptimi?»

Shavkat Mirziyoyev: «Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib asl holatni berkitishyaptimi?»

Ayni vaqtda prezident raisligida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Prezident paxtada «pripiska» yo‘q qilingan bulsa-da, sanoat tarmoqlarida qo‘shib yozishni yo‘q qilish oson bulmayotganligi xakida gapirdi.

«Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib asl holatni berkitishayaptimi? Prognozni bajara olmasa, nega rahbar bo‘lib o‘tirishi kerak?» — deya tanqid qildi davlat rahbari. 

Birinchi chorakda «O‘zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, «O‘zbekneftgaz» — 4,7 foizga, charm mahsulotlari  — 10 foizga pasaygan.

Prezident «so‘nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshsa-da, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 22 foizga kamayishini qanday izohlash mumkin», deya mutasaddilarga yuzlandi. 

Kiritildi: 10:54 12.05.2021. O'qildi: 2786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!