Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Serxio Ramosning «Sevilya»ni xarid qilish rejasi barbod bo‘ldi

Serxio Ramosning «Sevilya»ni xarid qilish rejasi barbod bo‘ldi

Bir necha hafta oldin Serxio Ramos o‘zining qadrdon klubi — «Sevilya»ni sotib olishga yaqin turgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ramos va uning investisiya guruhi 12 may kuni klubning 80 foiz aksiyasini 450 million yevro evaziga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi (bu summadan klubning tan olingan 88 million yevrolik qarzi chegirib tashlanishi ko‘zda tutilgan).

Chorshanba kuni ertalab bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda Ramos tomoni kelishuv shartlariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi. Yangi rejaga ko‘ra, 86 000 ta emas, balki atigi 30 000 ta aksiyani sotib olish taklif qilindi.

«Biz shokda edik, chunki u «Sevilya»ni atigi 100 million yevroga yaqin summaga sotib olmoqchi, kapitalni 100 milliondan sal ko‘proqqa oshirmoqchi va aksiyadorlarga ancha kam to‘lamoqchi edi», — deya «El Pais» nashriga klubdagi manbaning so‘zlarini keltiradi. Ta’kidlanishicha, ushbu kelishuv barbod bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 08:57. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!