Haydovchi "Nexia-3" rusumli transport vositasida katta tezlikda harakatlanishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustinga urilgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Joriy yilning 22 may kuni soat 13:00 larda Sirg‘ali tumani Fayzli Toshkent ko‘chasi 60-uy qarshisida 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi O.B. "Nexia-3" rusumli transport vositasida katta tezlikda harakatlanishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustinga urilgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. YTH natijasida Nexia-3 transport vositasi yo‘lovchisi 2000 yilda tug‘ilgan I.X. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Transport vositasi haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.