Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

“Tolibon” nikoh yoshi haqida: Afg‘onistonda erkaklar 9 yoshli qizlarga uylanishlari mumkin

“Tolibon” nikoh yoshi haqida: Afg‘onistonda erkaklar 9 yoshli qizlarga uylanishlari mumkin

Bu haqda The Times xabar berdi.

"Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” erkaklarga qizlar balog‘at yoshiga yetgan deb hisoblanuvchi paytdan boshlab ular bilan nikoh qurishga ruxsat berdi. “Tolibon”ga ko‘ra, bu 9 yoshdan hisoblanishi mumkin", deya xabar bermoqda nashr.

Tegishli hujjat harakat yetakchisi Haybatulloh Oxunzoda tomonidan ma’qullangan va rejimning rasmiy gazetasida chop etilgan, deb yozadi The Times.

“Tolibon” hokimiyatga kelguniga qadar Afg‘onistonda qonuniy nikoh yoshi qizlar uchun 16 yosh, o‘g‘il bolalar uchun esa 18 yoshni tashkil etar edi. 15 yoshga to‘lmagan qizlarning turmushga berilishi 2009 yildagi “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lardi. Xalqaro ekspertlarning fikricha, yangi qonun bolalarni zo‘rlashni qonuniylashtiradi.

Kiritildi: Bugun 13:41. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!