Alberta provinsiyasi Kanadadan ajralib chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazadi
Kanadaning Alberta provinsiyasi hukumati kuzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan referendumga mintaqaning Kanada tarkibida qolishi yoki ajralib chiqish masalasi bo‘yicha majburiy ovoz berishning huquqiy jarayonini boshlash kerakmi-yo‘qmi degan savolni kiritadi.
Alberta bosh vaziri Daniel Smitning ma’lum qilishicha, referendum provinsiyaning Kanadadan ajralib chiqishiga olib kelmaydi. Biroq, agar Alberta aholisi "ha" deb ovoz bersa, bu provinsiya hukumatiga fuqarolar qaysi yo‘nalishda harakat qilmoqchi ekanini tushunishga yordam beradi.
Yanvar oyida Financial Times manbalari AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vakillari Alberta mustaqilligini yoqlab chiquvchi "Alberta Prosperity Project" Kanada separatistik harakati vakillari bilan bir necha bor uchrashganini xabar qilgan edi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh "erkin va mustaqil Alberta g‘oyasidan juda ilhomlangan".