Yulduz hujumchi Neymar Braziliya terma jamoasi ixtiyoriga jarohat bilan yetib keldi. Bu haqda ESPN Brasil jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, 34 yoshli forvardning jarohati «Santos» klubi tibbiy shtabi vakillari bergan ma’lumotdan ko‘ra jiddiyroq bo‘lib chiqqan. Tez orada futbolchi milliy jamoa qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng vaziyatga to‘liq oydinlik kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Santos» klubi Neymarning boldir mushaklarida muammo borligini ma’lum qilgan edi. Ushbu jarohat sababli hujumchi Braziliya terma jamoasining Panama va Misrga qarshi o‘tkazadigan bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tusha olmaslik xavfi ostida turibdi.