Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Mourinyo “Real”ga uchta muhim shart qo‘ydi

Mourinyo “Real”ga uchta muhim shart qo‘ydi

“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Real” boshqaruvini qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Murabbiyning “Qirollik klubi”ga qaytishi vaqt masalasi bo‘lib turibdi xolos.

COPE nashri ma’lumotiga ko‘ra, Mourinyo “Real” bilan hamkorlikni qabul qilishdan avval madridliklarga uchta talab qo‘ydi.

Birinchidan, portugaliyalik mutaxassis Lissabonning “Sporting” klubi yarim himoyachisi Morten Yulmanni jamoaga olib kelishni istamoqda.

Shuningdek, Joze murabbiylar shtabida “Real”ning sobiq futbolchilaridan biri bo‘lishini xohlamoqda.

Bundan tashqari, murabbiy rahbariyat va jamoa o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajaradigan insonni taklif qilish zarur, deb hisoblamoqda. Bu vazifa uchun Toni Kroos nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!