«Manchester Siti» Pep Gvardiolani futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb e’lon qildi.
Bugun «shaharliklar» va murabbiy 55 yoshli kataloniyalik mutaxassis 10 yillik faoliyatdan so‘ng klubni tark etishini ma’lum qildi. Ushbu davr mobaynida jamoa bilan 20 ta sovrin qo‘lga kiritildi.
«Pep Gvardiola - G.O.A.T», — deyiladi «Siti»ning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, echki (ingliz tilida — goat) emodzisi ko‘pincha GOAT akronimining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu ingliz tilidagi «Greatest of all time» (barcha davrlarning eng buyugi) iborasini anglatadi.