Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

40 yoshli AQShlik milliarder va OpenAI rahbari Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmasligini aytdi.

Unga ko‘ra, u bir yoshga to‘lmagan o‘g‘li bilan mashg‘ul bo‘lgan vaqtda ham doimo ChatGPTdan foydalanadi. Altman bolalarni hech qachon sun’iy intellektdan “aqlliroq” bo‘lmasligini, lekin ular oldingi avlodga nisbatan ancha qobiliyatli bo‘lib o‘sishini ta’kidladi. U kelajak avlodi SIni hayotning oddiy qismi sifatida qabul qilishi, smartfonlar kabi tabiiy ravishda undan foydalanishini aytdi.

Avvalroq, The Economist nashri sun’iy intellekt bolalarning ijtimoiylashuviga tahdid solishini va butun dunyo bo‘ylab ota-onalikni tubdan o‘zgartirayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 22:55 11.12.2025. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!