Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistonida Turkiya harbiy bazasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilyapti

Saudiya Arabistonida Turkiya harbiy bazasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilyapti

Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni ikki oy oldin imzolangan Makka mudofaa ittifoqini amaliy bosqichga o‘tkazishga qaror qildi.

Bu haqda Türkiye gazetasi ma’lum qildi.

Riyozda o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda uch davlat jamoaviy mudofaa majburiyatlarini tezkor ravishda amalga oshirish va harbiy kuch hamda vositalarni Saudiya Arabistoniga joylashtirish masalalarini muhokama qilgan.

Xabarga ko‘ra, Turkiya Saudiya Arabistonidagi to‘rtta muhim gaz va elektr energetika ob’ektini past va o‘rta balandlikka mo‘ljallangan havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan himoya qilishda ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, Saudiya Arabistonida Turkiya harbiy bazasini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Agar bu reja amalga oshsa, Turkiya armiyasi 110 yildan so‘ng yana Makka xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etishi mumkin.

Biroq bu rejalarni amalga oshirish uchun Turkiya parlamentining roziligi talab etiladi. Manbaga ko‘ra, tegishli hujjat yaqin vaqtda Turkiya Buyuk Millat Majlisiga kiritilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:07. O'qildi: 183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!