Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistonida ikki ballistik raketa va dron urib tushirildi

Saudiya Arabistonida ikki ballistik raketa va dron urib tushirildi

Saudiya Arabistoni havo hujumidan mudofaa kuchlari husiylar tomonidan Ar-Riyod tomon uchirilgan ikkita ballistik raketani, shuningdek, mamlakat sharqida ikkita uchuvchisiz uchish apparatini tutib qoldi.

Bu haqda koalisiyaning rasmiy vakili Turki al-Molikiy X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

«Havo hujumidan mudofaa kuchlari husiylar tomonidan Ar-Riyod tomon uchirilgan ikkita ballistik raketani tutib qoldi va yo‘q qildi», — deyiladi bayonotda.

Bundan biroz oldin Saudiya Arabistoni poytaxtida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan.

Bundan tashqari, koalisiya mamlakatning sharqiy qismida ikkita uchuvchisiz uchish apparati ham yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Kiritildi: 11:45 15.11.2026. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik