Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Samarqandda o‘qituvchilikka ishga kiritish uchun 400 dollar pora olgan maktab direktori ushlandi

Samarqandda o‘qituvchilikka ishga kiritish uchun 400 dollar pora olgan maktab direktori ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori N.A. fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:30 06.11.2026. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik