Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Samarqandda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Mirbozor bozori” MCHJ hududidagi “M.A.” xususiy korxonasiga tegishli savdo do‘koni sotuvchisi YA.SH. kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi umumiy bahosi 81,4 mln so‘mlik 2 054 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:37 25.03.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!