Rossiya-Ukraina mojarosi tugagach, Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federasiyasi bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Bu haqda National Interest nashri yozmoqda.
"Ukrainadagi jangovar harakatlarni tugatish ehtimoli Rossiya-Amerika munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochadi", deyiladi maqolada.
Kuzatuvchining ta’kidlashicha, bosim o‘rniga iqtisodiy hamkorlikka yondashish Rossiyaning G‘arb bilan hamkorligiga yordam berishi mumkin.
"Aftidan, prezident Tramp Amerika strategiyasini to‘g‘rilashga tayyor. Balki u Moskva bilan iqtisodiy hamkorlikni ko‘rib chiqar, bu AQSh uchun foydali bo‘ladi va Yevropani tinchroq qit’aga aylantiradi", deb xulosa qildi maqola muallifi.
Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni AQSh moliya vaziri Skott Bessent Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSh Rossiyaning SWIFT xalqaro bank tizimiga qaytishini mojaroni hal qilish kontekstida ko‘rib chiqishga tayyorligini aytgan edi.