Butun mamlakatda bo‘lgani kabi, Samarqand viloyatida ham davlat OTMlariga kirish test sinovlari boshlandi, deb xabar berdi @SputnikUzbek muxbiri.
Testlarning birinchi kunida 6,6 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshirdi, 696 nafar talabgor esa sinovlarga kelmadi.
Jami viloyatda qariyb 72 ming nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi kutilmoqda.