11-sinfni tamomlagan yoshlar 4 ta maxsus texnikumda 37 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim olishi mumkin.
Ularga IT, oshpazlik, tikuvchilik, dizayn, sartaroshlik, zargarlik, OAV va axborot xizmati hamda elektromobillar servisi kabi yo‘nalishlar taklif etiladi.
Qabul 10 avgustdan 10 sentyabrgacha davom etadi. Hujjatlar my.edu.uz orqali onlayn topshiriladi.