Ayni damda Samarqandda “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda ishtirok etayotgan Saida Mirziyoyeva forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdi. Unda uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kompleks kurashishda qo‘llaniladigan zamonaviy raqamli texnologiyalar, texnik vositalar va maxsus uskunalar namoyish etildi.
“Mamlakatimiz ishtirokchi-davlatlar uchun narkotrafik, xavfli yuklar va transmilliy jinoyatchilikni tezkor kuzatib borish imkonini beruvchi yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusini ilgari surdi”, deb yozadi Mirziyoyeva