Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxdagi sun’iy hovuzda 3 nafar qiz cho‘kib ketdi

Jizzaxdagi sun’iy hovuzda 3 nafar qiz cho‘kib ketdi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi fermer xo‘jaligi hududida joylashgan sun’iy suv havzasida 14, 16 va 17 yoshli uch nafar qiz cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Gazeta’ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 17 iyul kuni soat 13:00 atrofida «Paxtazor» mahallasida sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, qizlar Mulla-Buloq fermer xo‘jaligi yer maydonida tomchilatib sug‘orish uchun qazilgan sun’iy suv hovuziga cho‘milish uchun tushgan. Oqibatda ularning barchasi cho‘kib halok bo‘lgan.

O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazildi. Tuman sud-tibbiy ekspertiza bo‘limining dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘limga yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik suv bilan berkilishi natijasida mexanik asfeksiya sabab bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan Mirzacho‘l tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:47 21.07.2026. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!