Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Urgutda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Urgutda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

O‘zbekiston prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Urgut tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

«Kecha Urgutda bo‘ldik. Samarqanddan Urgut vokzaligacha yangi temir yo‘l orqali keldik. Bu yo‘l Urgutda erkin iqtisodiy zona shakllanishi, tadbirkorlar, yo‘lovchilar uchun masofa va xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladigan muhim infratuzilma bo‘ladi», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘z telegram-kanalida.

Saida Mirziyoyeva Urgutda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Tashrif davomida O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida savdo, logistika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishilgan. Ta’kidlanishicha, asosiy maqsad — hududni tranzit nuqtadan iqtisodiy faoliyat markaziga aylantirishdir.

Yangi logistika markazi kuniga 100 tagacha yuk avtomobiliga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Bu yerda logistika faqat tashish emas, balki mahsulot qiymatini oshiruvchi bosqich sifatida ko‘rilmoqda. Bojxona jarayonlarida byurokratiya qisqarib, tezlik va shaffoflik oshiriladi.

Saida Mirziyoyeva Urgutda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Diagnostika markazida 200 nafar bemor, savdo markazida esa 800 nafar tadbirkor uchun sharoitlar yaratiladi. Bu orqali Tojikiston fuqarolari ham pasport nazorati, ortiqcha hujjat va navbatlarsiz savdo qilishlari, tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Odamlar uchun qulaylik oshadi va iqtisodiy aloqalar yanada kuchayadi.

Kiritildi: Bugun 13:18. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!