Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasida bo‘lib, yuqori texnologiyalar, xususan, mudofaa sanoati sohasidagi ilg‘or loyihalari bilan tanishdi.
Bunday yutuqlar zamirida ko‘p yillik ilmiy izlanishlar, iqtidorli muhandislarning mehnati hamda milliy texnologiyalarni rivojlantirishga kiritilgan investisiyalar turibdi. Turkiyaning bu boradagi tajribasi O‘zbekiston uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega.
"Mutaxassislarimiz o‘rtasida tajriba almashish hamda texnologik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar borligini ko‘rmoqdaman", deb yozadi Mirziyoyeva.