Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina mojarani tugatish uchun hududlar va NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi kerak

Ukraina mojarani tugatish uchun hududlar va NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi kerak

Ukraina mojaroni tugatish uchun murosaga borishi, rus tilida so‘zlashuvchi aholi istiqomat qiladigan hududlarga bo‘lgan da’volaridan hamda NATOga a’zo bo‘lish niyatidan voz kechishi kerak.

Bunday fikrni Buyuk Britaniyaning The Times gazetasi sharhlovchisi Mettyu Perris bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qrim va «aholining aksariyati rus tilida so‘zlashadigan sharqiy hududlar»ga bo‘lgan da’volaridan voz kechishi lozim. Perris, shuningdek, Moskva bu masaladagi pozisiyasini hisobga olgan holda, Kiyev NATOga a’zo bo‘lishga intilmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Jurnalistning qayd etishicha, Ukraina buning o‘rniga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mumkin. U Ukraina xavfsizligini kafolatlash maqsadida mamlakat hududida Yevropa davlatlari, AQSh va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarini joylashtirishni taklif qilgan.

Perris Ukraina hududlari masalasida Kiyev murosaga bormasligi kerakligini ta’kidlayotgan Britaniya va Ukraina siyosatchilari hamda ekspertlarining pozisiyasini reallikdan yiroq deb baholagan.

Uning fikricha, bunday yondashuv Ukrainada gumanitar falokatga olib kelishi va Yevropa davlatlarining iqtisodiy resurslarini sezilarli darajada sarflab yuborishi mumkin.

Kiritildi: 16:30 26.10.2026. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!