Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat betaraf maqomni qabul qilmasligi, armiyasini qisqartirishga rozi bo‘lmasligi va Rossiya belgilagan xavfsizlik kafolatlarini qabul qilmasligini bildirdi.
«Markaziy Osiyo» nashri xabar berishicha, Zelenskiy bu haqda «TSN» telekanali boshlovchisi Alla Mazurga bergan intervyusida aytgan. Uning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasini cheklash mamlakat xavfsizligini oshirmaydi.
Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya bilan hududiy masalalarni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Uning aytishicha, bunday masalalar davlat rahbarlari darajasida ko‘rib chiqilishi kerak. Ukraina tomoni bu masalani noyabr oyida muhokama qilish imkoniyatini istisno etmayapti.