AQSh armiyasining iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis Ukraina Rossiya bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda taklif etadigan imkoniyatlarini yo‘qotgan, degan fikrni bildirdi.
"Rossiyaga qancha sanksiya qo‘llanilgani yoki yana qanchasi joriy etilishi ahamiyatsiz. Achchiq haqiqat shundaki, Ukrainaning muzokaralarda taklif qiladigan hech narsasi qolmagan", — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Devisning fikricha, Rossiya har qanday holatda ham o‘z talab va maqsadlariga erishadi.