O‘zbek kinosi rivojiga uzoq yillardan buyon munosib hissa qo‘shib kelayotgan taniqli rejissyor va ssenariynavis Zulfiqor Musoqovga Prezident sovg‘asi sifatida Yangi Toshkentdan uch xonali xonadon topshirildi.
Zulfiqor Musoqov “Abdullajon”, “Osmondagi bolalar”, “Kichkina tabib”, “Vatan”, “Novda” kabi xalq sevib tomosha qiladigan filmlar muallifi hisoblanadi.