Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston talabidan so‘ng Eronning Armanistondagi elchixonasi Samarqand haqidagi postini o‘chirdi

O‘zbekiston talabidan so‘ng Eronning Armanistondagi elchixonasi Samarqand haqidagi postini o‘chirdi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga tashrifi chog‘ida Registon maydonidan murojaat yo‘llagan edi. Shundan so‘ng Eronning Armanistondagi elchixonasi uning videosiga munosabat bildirib, “siz turgan joy fors sivilizasiyasi va me’morchiligining bir qismi”, deya post qoldirdi.

23 oktyabr kuni O‘zbekiston TIV Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariyni chaqirtirib, O‘zbekistonning qat’iy e’tirozini ifodalovchi norozilik notasini topshirdi. Bunga Eronning xorijdagi qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan Samarqandning tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvchi materiallar e’lon qilinishi sabab bo‘ldi.



Eron tomoniga tegishli postlarni olib tashlash va kelgusida bunday holatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik talabi qo‘yildi. 26 oktyabr holatiga ko‘ra, Eronning Armanistondagi elchixonasi Samarqand haqidagi bahsli postini o‘z sahifasidan olib tashladi.

Kiritildi: Bugun 11:25. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!