Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

The Telegraph Ukrainaga 1944 yildagi tarixiy xatoni eslatdi

The Telegraph Ukrainaga 1944 yildagi tarixiy xatoni eslatdi

Ukrainaning frontdagi aloqa tizimi Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga haddan tashqari bog‘lanib qolgan. Bu esa mamlakat mudofaasi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin, deb yozmoqda The Telegraph.

Nashr tahliliga ko‘ra, Kiyev Ilon Maskka tegishli kompaniya texnologiyasiga asosiy tayanch sifatida qaragan, biroq aloqa uzilishi ehtimoliga qarshi yetarli zaxira yechimlarini tayyorlamagan.

Maqolada bu holat 1944 yildagi voqealarga qiyoslangan. O‘shanda Britaniya va AQSh ittifoqchilari Germaniyaning "Enigma" shifrlarini yechgan Bletchli-park mutaxassislari ma’lumotlariga haddan tashqari ishonib qolgan edi.

The Telegraph bunday qaramlik muhim texnologiya ishdan chiqqan taqdirda harbiy amaliyotlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Kiritildi: 11:58 26.10.2026. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!