Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ronaldu birgina izohi bilan yosh futbolchilarning orzusini ro‘yobga chiqardi (FOTO)

Ronaldu birgina izohi bilan yosh futbolchilarning orzusini ro‘yobga chiqardi (FOTO)

Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning "Oriyental Lissabon" klubi yosh futbolchilariga g‘ayrioddiy chellenjda yordam berdi.

Futbolchilar murabbiy ko‘rsatmalarisiz erkin mashg‘ulot o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun ijtimoiy tarmoqdagi postga 3000 ta layk, 200 ta izoh va mashhur futbolchidan javob olishni maqsad qilgandi.

Dastlabki ikki shart oson bajarildi. Uchinchisiga esa Ronalduning o‘zi yordam berdi.

"Yigitlar, erkin mashg‘ulotdan zavqlaninglar!" — deb izoh qoldirdi portugaliyalik yulduz.

Ronalduning munosabatidan so‘ng post ommalashib, 466 mingta layk, 11 mingta izoh va 70 mingdan ortiq ulashish to‘pladi.

Ronaldu birgina izohi bilan yosh futbolchilarning orzusini ro‘yobga chiqardi (FOTO)

Kiritildi: Bugun 12:10. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!