Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva: Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqmoqda

Saida Mirziyoyeva: Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqmoqda

Toshkentda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, savdo, investisiyalar va sheriklikning yangi yo‘nalishlari xususida fikr almashdi.

Saida Mirziyoyeva: Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqmoqda

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, ayni paytda Amerika biznes doiralari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga tobora katta qiziqish bildirmoqda.

«Ushbu e’tibor yaqin istiqbolda aniq kelishuvlar, yangi ish o‘rinlari va iqtisodiyot uchun keng imkoniyatlarga aylanishi juda muhim», — dedi u.

Saida Mirziyoyeva: Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqmoqda

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli muloqot va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib kelayotgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi faoliyati ham alohida muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva: Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqmoqda

Tomonlar iqtisodiy sheriklikni yanada mustahkamlash va biznes aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 16:45. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!