Samarqanddagi Registon maydonida Marko Rubio ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot muloqotidan tarqalgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Aslida Rubioga savolni mahalliy jurnalist emas, Bloomberg jurnalisti Erik Martin bergan. U savolni ingliz tilida bergan.
Shundan so‘ng Rubio jurnalistdan mahalliy tilni biladimi, deb so‘ragan. Jurnalist rus tilida biroz gaplasha olishini aytgan.
Rubio esa O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tili ekanini, biroq bu yerda ko‘pchilik rus tilini ham tushunishini ta’kidlagan.
Shu sababli jurnalistni mahalliy OAV vakili deb o‘ylagan ayrimlar uni noto‘g‘ri tanqid qilgan.