Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Chuguyev shahri Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Xarkov rahbari Oleg Sinegubov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
"Ushbu otishma natijasida deyarli butun oila halok bo‘ldi: 19 yoshli qiz, 11 yoshli o‘g‘il va 45 yoshli erkak", deb yozgan u.
Yaradorlar orasida uch kishi bor, ulardan biri og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Sinegubovning aniqlik kiritishicha, Rossiya Harbiy-havo kuchlari dronining to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbasi natijasida xususiy uy butunlay vayron bo‘lgan, ko‘p qavatli bino, garaj va uchta mashinaga zarar yetgan.