Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan raketa hujumi 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan raketa hujumi 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Rossiya kuchlari Ukrainaning Chernigov viloyatiga raketa hujumi uyushtirdi, natijada 13 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi va 50 nafari yaralandi.

Bu haqda Chernigov viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Soat 12:50 holatiga ko‘ra, Rossiyaning shaharga hujumi natijasida 13 nafar tinch aholi vakili, jumladan, to‘rt nafar bola halok bo‘lgani va 50 kishi, jumladan, yetti nafar bola yaralangani aniqlandi", deyiladi bayonotda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vayron bo‘lgan bino vayronalari ostidagi odamlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:40. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!