Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning migrantlarga yangi talabi yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi

Rossiyaning migrantlarga yangi talabi yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi

O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev Rossiyada migrantlar uchun mobil telefon xarid qilish majburiy qilinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu haqdagi qonun loyihasi muhokama bosqichida va hali qabul qilinmagan.

"Qolaversa, loyihadagi norma migrantlarning hammasiga emas, faqat shaxsiy telefonga ega bo‘lmagan va telefoni “Amina” ilovasini qo‘llab-quvvatlamaydigan migrantlarga nisbatan tatbiq etish ko‘zda tutilgan", — dedi Fayziyev.

Avvalroq Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov Rossiyaga uzoqroq muddatga kelgan migrantlar ro‘yxatdan o‘tishda telefon sotib olishi shart bo‘lishini bildirgandi.

Kiritildi: 14:05 17.07.2026. O'qildi: 6419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!