Rossiyaning Lipesk shahrida uchuvchisiz uchish apparatlari hujumidan so‘ng tibbiyot muassasalaridan birining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Shahar ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, dron parchalari poliklinika tomiga tushib, binoga zarar yetkazgan. Shu sababli muassasa bemorlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgan.
Viloyat gubernatori hujum natijasida bir nechta xususiy xonadon va ko‘p qavatli turar joylar ham shikastlanganini bildirdi.
Hodisa paytida bir nafar erkak tan jarohati olgani xabar qilinmoqda.