Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyalik bokschi va deputat Nikolay Valuyev ham Markaziy Osiyoga tahdid qildi

Rossiyalik bokschi va deputat Nikolay Valuyev ham Markaziy Osiyoga tahdid qildi

Rossiyalik deputat, og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev Rossiya tomonidan kelajakda yana bir nechta maxsus operasiyalar o‘tkazilishi muqarrarligi va bu borada Aleksandr Duginning qarashlarini to‘g‘ri deb hisoblashini bildirdi.

"Bizni hali bir nechta maxsus operasiyalar kutmoqda. Buyuk faylasuf Dugin haq. Biz 30 yil davomida postsovet respublikalariga “shirinliklar” ulashdik, lekin bu yordam bermadi. Endi qamchi kerak bo‘ladi. Shuning uchun yoshlarni tayyorlamoqdamiz. “Zumer”larga sport zaliga borishni va erkaklarga xos sport turlari bilan shug‘ullanishni maslahat beraman. Ular uchun ham qahramonlik davri keladi, tez orada", — dedi Valuyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Rus dunyosi” mafkurasining asoschilaridan biri hamda kremlparast propagandachi Aleksandr Dugin Sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekistonning ham mustaqilligini qabul qilib bo‘lmasligi haqida gapirgandi.

Bundan tashqari, 10 yanvar kuni rossiyalik teleboshlovchi, Kremlga yaqin yana bir propagandachi Vladimir Solovyov o‘zining jonli efirida Ukraina hududiga uyushtirilgan “maxsus harbiy amaliyot”ni “Rossiya ta’sir doirasidagi boshqa hududlarda” ham, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari va Armanistonda o‘tkazish zarurligini aytgandi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!