Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiyada 115 ta ayiq otib o‘ldirildi

Rossiyada 115 ta ayiq otib o‘ldirildi

Rossiyaning Tomsk viloyatida ayiqlar sonini tartibga solish doirasida ovchilar tomonidan 115 ta ayiq otib o‘ldirildi.

Bu haqda TASS agentligiga viloyat ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Shlapakov ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan jami 200 ta ruxsatnoma berilgan.

Tomsk viloyatida ayiqlar aholi yashash hududlariga tez-tez yaqinlasha boshlagan. 2026 yil davomida ushbu hududda ayiqlar hujumi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, Tomsk tumanida esa bir ovchi jarohatlangan. Hozirda u shifoxonada davolanmoqda. Viloyat hududida yuqori tayyorgarlik rejimi joriy etilgan.

«Tomsk viloyatida ayiqlar sonini tartibga solish doirasida 115 bosh ayiq otib o‘ldirildi. Jami 200 ta ruxsatnoma berilgan», — dedi Shlapakov.

TASS hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026 yilda Rossiyaning 40 dan ortiq hududida ayiqlar aholi punktlariga yaqinlashgan. Eng murakkab vaziyat Sharqiy Sibirda kuzatilmoqda. Bu yerda ayiqlar maktablar va harbiy qismlar yaqinida paydo bo‘lgan, shuningdek, viloyatning shimoliy qismidagi xususiy uylarga kirishga uringan.

So‘nggi bir necha oy davomida Rossiyada ayiqlar hujumi oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Mutaxassislar fikricha, hayvonlarning bunday xatti-harakatlariga sabablardan biri — ayiqlarning asosiy ozuqa manbai hisoblangan kedr yong‘og‘i hosilining kam bo‘lganidir.

Kiritildi: 11:41 10.11.2026. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik