Bakanov Sankt-Peterburgda Rossiya va Xitoy hukumat rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashgan.
«Bizda “Chan’e-7” qo‘shma oy missiyasi ham bor. Shuningdek, Marsni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma missiyani ham boshlayapmiz — sayyorani tadqiq qilish uchun asbob-uskunalar va texnik vositalar ishlab chiqarilmoqda», — deya Bakanovning so‘zlarini keltirdi «Roskosmos».
«Roskosmos» rahbari Xitoyni Rossiyaning muhim hamkorlaridan biri deb atadi.
Uning ta’kidlashicha, ikki mamlakat Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini o‘zaro almashmoqda, shuningdek, Rossiyaning GLONASS va Xitoyning «Beydou» sun’iy yo‘ldosh navigasiya tizimlari signallaridan hamkorlikda foydalanmoqda.