Ko‘prik Rossiya va KXDR chegarasidan o‘tuvchi Tuman daryosi ustidan qurilgan. Uning uzunligi qariyb 1 kilometr.
Ochilish marosimida bosh vazirlar Mixail Mishustin va KXDR Vazirlar Mahkamasi raisi Pak Txe Son videomuloqot orqali nutq so‘zladi. Shundan so‘ng avtomobillar kolonnasi ko‘prikdan o‘tdi.
Unga Qizil Armiya zobiti, KXDR Mehnat Qahramoni Yakov Novichenko nomi berildi.
Novichenko 1946 yilda Pxenyandagi mitingda Kim Ir Senga otilgan granatani tanasi bilan to‘sib, uning hayotini saqlab qolgan.