Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya Ukraina poytaxtidagi asosiy ko‘prik, Yadroviy tadqiqotlar instituti va maktabga zarbalar berdi

Rossiya Ukraina poytaxtidagi asosiy ko‘prik, Yadroviy tadqiqotlar instituti va maktabga zarbalar berdi


Rossiya armiyasi Kiyevga dronlar bilan zarba berishda davom etmoqda. 1 oktyabr kuni dronlardan biri Solomensk tumanidagi maktab binosiga kelib urildi. Bu vaqtda o‘quvchilar yerto‘ladagi bombapanagohlarga tushishga ulgurgandi va jabrlanganlar bo‘lmagan.

Shu kuni kunduzi Rossiya harbiylari keng ko‘lamli urush boshidan buyon ilk bor Kiyevdagi ko‘priklarni nishonga olib hujum qilishga kirishgan. Kun davomida Kiyevdagi Janubiy ko‘prikka uch bor zarba berilgan – bu ko‘prikda avtomobillardan tashqari metro o‘tadigan yo‘l ham bor. Portlash to‘lqini tufayli shu vaqtda ko‘prikdan o‘tayotgan poyezd vagonlariga ventilyasiya orqali chang kirgan. Yo‘lovchilar jabrlanmagan, poyezd ham shikastlanmagan, biroq qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazish uchun depoga yuborilgan. Ko‘prik bo‘ylab metro va avtobuslar harakati to‘xtatildi.

Mutaxassislar zarbalardan yetkazilgan zararni baholash uchun ko‘prikni ko‘zdan kechirishmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘prik ustuni, yo‘l chetidagi to‘siq, yo‘l qatlami va metropolitenning himoya beton qatlami shikastlangan».

2 oktyabr tongida Patona ko‘prigi bo‘ylab o‘ng sohildan chap sohilga olib o‘tuvchi yo‘lda, shuningdek, Metro ko‘prigida transport vositalari harakati cheklandi. Natijada shaharda ulkan tirbandliklar yuzaga keldi. 2 oktyabr kuni kunduzi Patona ko‘prigida ikkitomonlama harakat tiklandi, ammo unga hozircha faqat Mikola Mixnovskiy bulvari tomondan kirish mumkin. Kiyev mudofaa kengashi shoshilinch yig‘ilish chaqirgan, unda shaharning chap va o‘ng sohildagi qismlarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘priklarda harakatni qanday tashkil etish masalasi muhokama qilinadi. Dnepr daryosida transport uchun yerosti o‘tish tunneli mavjud emas.

Bundan tashqari, Rossiya dronlaridan biri Kiyev janubidagi Ukraina Milliy fanlar akademiyasining Yadroviy tadqiqotlar instituti binosiga hujum qilgani ma’lum bo‘ldi. Ukraina Yadroviy tartibga solish davlat inspeksiyasi ma’lum qilishicha, zarba tadqiqot reaktori joylashgan hududga berilgan. Yong‘in chiqqan, ammo uni tezda o‘chirishgan. Odamlar jabrlanmagan, reaktor shikastlanmagan, radiasiya foni me’yorda.

Kiritildi: 20:09 02.10.2026. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!