Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya tarixdagi eng yirik dron hujumlaridan biriga uchradi

Rossiya tarixdagi eng yirik dron hujumlaridan biriga uchradi

29 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya hududlari keng ko‘lamli dron hujumiga uchradi. Mamlakat Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari 1214 ta Ukraina uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Rossiya OAVlariga ko‘ra, bu so‘nggi vaqtlarda mamlakatga qarshi amalga oshirilgan eng yirik dron hujumlaridan biri bo‘ldi.

Vazirlik ma’lumotida dronlar Rossiyaning 19 ta hududi, jumladan, Moskva viloyati va chegaraga yaqin mintaqalar osmonida urib tushirilgani aytilgan.

Hujumning haqiqiy ko‘lami va yo‘q qilingan dronlar soni haqidagi Rossiya tomoni keltirgan raqamlar hozircha mustaqil tasdiqlanmagan.

Kiritildi: Bugun 14:29. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!