Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

FIFA prezidenti O‘zbekiston U-15 terma jamoasini Gvatemala ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

FIFA prezidenti O‘zbekiston U-15 terma jamoasini Gvatemala ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

O‘zbekiston U-15 jamoasi FIFA U-15 Jahon chempionati doirasida Gvatemala ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongach, FIFA prezidenti Janni Infantino va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov terma jamoamiz futbolchilari bilan uchrashib, ularni g‘alaba bilan tabriklashdi hamda navbatdagi bahsda omad tilashdi.

Shuningdek, tomonlar 2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan FIFA U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qilishdi.

Mazkur musobaqa ikki mamlakat o‘rtasidagi xalqaro futbol hamkorligini yanada mustahkamlash, yirik xalqaro turnirlarni yuqori saviyada tashkil etish borasida tajriba almashish hamda tashkiliy jarayonlarni samarali muvofiqlashtirish uchun muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-15 terma jamoasi keyingi uchrashuvda Madagaskarga qarshi maydonga tushadi. Madagaskar avvalgi bahsda Iroqni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Mazkur uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston - Madagaskar
28 oktyabr. 20:30

Kiritildi: 18:55 28.10.2026. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!