Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bloki yangi chaqiriq parlamentida 54 ta o‘rinni, «Yashar» partiyasi vakili Gadi Ayzenkot boshchiligidagi blok esa 49 ta o‘rinni egallamoqda.
Bu haqda saylov byulletenlarining 84,5 foizi hisoblab chiqilganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan natijalardan ma’lum bo‘ldi.
Arab partiyalari — «Birlashgan ro‘yxat» va «Raam» jami 17 ta o‘rinni qo‘lga kiritmoqda.
Ayni paytda uchta partiya Knessetga kirish uchun belgilangan 3,25 foizlik saylov to‘sig‘idan o‘ta olmayapti. Jumladan, «Zaxiradagilar» partiyasi 2,7 foiz, «Isroil xalqi» partiyasi 1,6 foiz, «Haredimlar jamoatchiligi» partiyasi esa 0,2 foiz ovoz to‘plamoqda.
Ma’lumot uchun, Isroil Knesseti 120 nafar deputatdan iborat.