Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Isroil prezidenti Netanyaxuga siyosatdan ketish evaziga avf taklif qildi

Isroil prezidenti Netanyaxuga siyosatdan ketish evaziga avf taklif qildi


Isroil prezidenti Isxak Gersog Binyamin Netanyaxuga korrupsiyaga oid ayblovlar bo‘yicha avf etilish evaziga siyosiy faoliyatini tugatishni taklif qildi. Bu haqda C14 telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kelishuv saylovlardan keyin yangi hukumatni shakllantirish variantlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ovozlarni sanash davom etayotgani, Netanyaxu rahbarlik qilayotgan “Likud”partiyasi esa yetakchilik qilayotgani aytilgan.

Netanyaxuga nisbatan korrupsiyaga oid tergov qariyb 10 yildan beri davom etmoqda. U qimmatbaho sovg‘alar olish va ayrim media-magnatlarga o‘z faoliyatining ijobiy yoritilishi evaziga yordam berishda gumonlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:02. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!